Namangan davlat pedagogika institutida imkoniyati cheklaangan talabalarga yaratilgan sharoitlar va ta’lim jarayoni atroflicha o‘rganildi.
20.05.2026 10:45:02 2
Ijtimoiy himoya agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Namangan davlat pedagogika institutida imkoniyati cheklaangan talabalarga yaratilgan sharoitlar va ta’lim jarayoni atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida institut hududidagi o‘quv binolari, auditoriyalar, kutubxona, ovqatlanish maskanlari, sport inshootlari, faollar zallari, sanitariya xonalari, kirish-chiqish hududlari hamda ichki yo‘laklar nagironligi bo‘lgan talabalarga qulayligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning erkin va xavfsiz harakatlanishi, shuningdek, infratuzilmaning amaldagi me’yoriy talablar asosida tashkil etilganiga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya agentligi Namangan viloyati boshqamasi bosh mutaxassisi I.Saydaxmedov, M.Abdunosirov va O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi Namangan viloyat hududiy bo‘limi rayisi T.Xalilov hamda institut ma’sullari O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Asqarova va Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i M.Qodirov ishtirokida talabalar bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi. Suhbat davomida ularning institutdagi mavjud sharoitlar, qulayliklar, ehtiyoj va takliflari tinglandi.
Tadbir yakunida, aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, ayrimlari bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun rejalashtirildi.