Namangan davlat pedagogika institutida “Tabiatni asrang” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi
16.05.2025 16:22:11 4
Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tomonidan “Sifatli va samarali ta’lim oyligi” munosabati bilan Yangiqo‘rg‘on tumani 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, respublika miqyosidagi trener Munisaxon Madraximova bilan hamkorlikda Tabiiy fanlar doirasida “Tabiatni asrang” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Tajribali pedagog tomonidan 2-sinf misolida zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llanilgan holda o‘tkazilgan dars jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.