Namangan davlat pedagogika institutida xorijiy talabalar bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi
01.07.2025 14:34:15 19
Namangan davlat pedagogika instituti rahbariyati ishtirokida institutda tahsil olish istagini bildirgan xorijiy abituriyentlar bilan Zoom platformasi orqali onlayn muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida institut rektori, prorektorlar, xalqaro aloqalar bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Xorijiy talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Muloqot iliq va samimiy ruhda o‘tdi.
Mazkur uchrashuv institutning xalqaro miqyosdagi ochiqligi va xorijiy talabalarga do‘stona munosabatini yana bir bor namoyon etdi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunga qadar Hindiston, Nigeriya, Efiopiya, Tanzaniya, Bangladesh, Kolumbiya va Afg‘oniston kabi mamlakatlardan bo‘lgan abituriyentlar Namangan davlat pedagogika institutida tahsil olish istagini bildirishgan.