KITOB YARMARKASI: TAFAKKUR, MA'NAVIYAT VA ILHOM MANBAI
06.10.2025 19:52:00 7
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tyutorlari va talabalari Namangan viloyat hokimligi tomonidan shahar Madaniyat saroyida tashkil etilgan “Kitob savdosi” yarmarkasida faol ishtirok etishdi.

Mazkur yarmarka yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi adabiy va ilmiy manbalar bilan tanishtirish, shuningdek, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan.
Tadbir davomida institut talabalari turli nashriyotlar tomonidan taqdim etilgan yangi o‘quv adabiyotlari, ilmiy izlanishlarga oid manbalar hamda badiiy asarlar bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida nashriyot vakillaridan batafsil ma’lumot olib, o‘qish uchun zarur adabiyotlarni xarid qilishdi.
Shuningdek, yarmarkada institutning ko‘plab professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etib, ilmiy izlanishlarida foydalanish uchun kerakli manbalarni tanlab oldilar. Bu kabi tashabbuslar talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, tafakkur va dunyoqarashni kengaytirish, ma’naviy boylikni oshirishga xizmat qiladi.