Ayni damda Namangan davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilining 1-sonli kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
27.08.2025 13:11:34 10
Majlisni institut rektori B.Xusanov olib borib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-iyuldagi PQ-222-sonli qarori — “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yili Namangan davlat pedagogika institutida “Yuksalish yili” deb nomlangani hamda mazkur yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan keng qamrovli ishlarga oid ma’lumotlar berildi.
Navbatdagi Kengash yigʻilishi davomida rektor bir guruh professor-oʻqituvchilarning ilmiy daraja va unvonga erishgani munosabati bilan tabriklab, keyingi ish faoliyatlarida zafarlar tiladi.
Kengash yigʻilishi doirasida kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqilib, kengash a'zolari bilan tahlil qilinmoqda.