KASB TANLASH — HAYOT TANLASH
11.10.2025 10:28:14 10
Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari Azizbek Xasanboyev , Malika Roziqova hamda Go'zal Rustamovalar Uychi tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltiruvchi trening o‘tkazishdi.
Trening davomida o‘quvchilar “Kasbni top”, “Orzu kasbim”, “Kasb reklama roligi” kabi interaktiv mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishdi. Ularga kasb tanlashda o‘z qiziqish va iqtidoriga tayanish, to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashiga, o‘ziga ishonch va motivatsiyasini kuchaytirishga xizmat qildi.