Amaliyotchilar faoliyati o‘rganildi
21.04.2026 08:12:12 26
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Sh. Xamidovaning malakaviy amaliyoti yuzasidan tayyorlagan axboroti.
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari (BTS-DU-22) 2026-yil 2-fevraldan hozirgi paytgacha Namangan shahridagi 20-maktab, Namangan tumani 5- maktab, Namangan tumani 27- maktab, Kosonsoy tumani 33-umumiy o‘rta ta’lim maktab, Norin tumani 29-umumiy o‘rta ta'lim maktab, Norin tumani 10-maktab, Chust tumani 10-maktab, Farg'ona viloyati Dangara tumani 32-maktab, Kosonsoy tumani 35-maktab, Uychi tumani 26-maktab, Toʻraqoʻrgʻon tumani 8- umumiy oʻrta ta’lim maktabi, Yangiqo'rg'on tumani 16-maktab, Mingbuloq tumani 32-maktab, Andijon viloyati Baliqchi tumani 59-IDUMda malakaviy amaliyotda bo‘ldilar. Ushbu guruh talabalariga malakaviy amaliyotga rahbarlik qildim. Ushbu guruh talabalariga amaliyotni o‘tash tartiblari, hujjatlari hamda texnika xavfsizligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Sh. Xamidova o‘zimga biriktirilgan 4-kurs BTS-DU-22- guruh talabalaridan xabar olish maqsadida Namangan shahar 20-maktabga tashrif buyurdim. Tashrif chog‘ida amaliyotchi talabalarning faoliyatini ko‘zdan kechirish bilan birgalikda ularga amaliy maslahatlar berib bordim. Namangan shahar 20-maktabning 1-sinfiga biriktirilgan Abdug‘aniyeva Shodiya maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Alyorova Saidaxon oyadan boshlang‘ich sinfdan olib boriladigan dars mashg‘ulotlari yuzasidan tajriba o‘zlashtiryapti. Maktabning o‘quv-ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan amaliyotchi talabalarning darslarini tahlil qildik. Namangan tumani 27- maktabning 2-“A” sinfiga biriktirilgan G‘anijonova Maftuna maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan boshlang‘ich sinfdan olib boriladigan dars mashg‘ulotlari yuzasidan tajriba o‘zlashtiryapti. Maktab o‘quv-ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan amaliyotchi talabalarning darslarini tahlil qildik.
Norin tumani 10-maktabga tashrif buyurdim. Tashrif chog‘ida amaliyotchi talabalarning faoliyatini ko'zdan kechirish bilan birgalikda ularga amaliy maslahatlar berib bordim. Toraqorg’on tumanidagi 8-maktabning 1-“A” sinfiga biriktirilgan Isoqjonova Muborak maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Olimjonova Mastura oyadan boshlang‘ich sinfdan olib boriladigan dars mashg‘ulotlari yuzasidan tajriba o‘zlashtiryapti.
Uychi tumanidagi 26-maktabning 3-sinfiga biriktirilgan Tojiboyeva Yulduzxon maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Abdurahmonova Farida oyadan boshlang‘ich sinfdan olib boriladigan dars mashg‘ulotlari yuzasidan tajriba o‘zlashtiryapti. Maktabning o‘quv-ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan amaliyotchi talabalarning darslarini tahlil qildik. Talabalarning amaliyot jarayonlarini kuzatish chog‘ida maktab hududida o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar hamda shart-sharoitlar bilan ham tanishib chiqdim.