TADBIR YORQIN VA TA’SIRCHAN FINAL BILAN YAKUNLANDI
16.01.2026 13:42:09 10
Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirning final qismida institutning “Diydor” talabalar teatr studiyasi a’zolari tomonidan buyuk jadidlarimizning yorqin siymolari sahnada gavdalantirildi. Ularning jarangdor va mazmunli so‘zlari tadbir qatnashchilari, ayniqsa talaba-yoshlar qalbida mardonavor ruhiyat, Vatanga cheksiz muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.
Sahnaviy chiqishlar davomida ajdodlarimizning Vatan, erkinlik va ma’rifat yo‘lidagi fidokorona qarashlari badiiy ifoda orqali namoyon etilib, tomoshabinlarga chuqur ta’sir ko‘rsatdi.
Mazkur chiqishlar yig‘ilganlar tomonidan qizg‘in olqishlar bilan qarshi olinib, tadbir ishtirokchilarida o‘zgacha taassurotlar qoldirdi. Tadbir yakunida mehmonlar va qatnashchilar tashkil etilgan dasturdan mamnun ekanliklarini bildirib, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini alohida e’tirof etdilar.