Intellekt sari yana bir dadil qadam!
11.10.2025 10:33:47 11
Namangan davlat pedagogika institutida oʻz faoliyatini samarali tashkil etib kelayotgan "Zakovat" klubi tomonidan Kuzgi mavsum oʻyinlariga start berildi.
Dastlab turnirni Yoshlar masalalari,ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Isoqboyev ochib berdi hamda talabalarga erkin va mantiqiy fikrlagan holda oʻyinlarga dadil kirishishlarini soʻradi.
Ushbu turnir talabalardan iborat jamoalar sonining ortib ketganligi bois 2 bosqichda,ya'ni 13:30 da,15:00 da tashkil etildi.Jami 35 ta jamoa ishtirok etgan oʻyin qiziqarli savollar va bahsli vaziyatlarga boy boʻldi.
Eslatib oʻtamiz,mavsum oʻyinlari kelgusida ham davom etadi hamda final oʻyini mavsum yakunida eng yuqori natijaga erishgan jamoalar oʻrtasida tashkil etiladi.