NamDPI talabalari "Qatag'on qurbonlari" muzeyida!
01.04.2026 17:11:56 5
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari talabalar bilan birgalikda Is’hoqxon To‘ra Ibrat hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar millatimiz ma’naviy yuksalishi va istiqlol yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlar xotirasini yod etdilar. Muzey eksponatlari bilan tanishish jarayonida ozodlik va ma’rifat yo‘lidagi kurashlarning ahamiyati yuzasidan saboqlar berildi.Talabalar ushbu tashrifdan chuqur taassurot oldilar.