English English English

Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  05.03.2026 10:57:51    13


“Yoshlar kuni” doirasida institut rektori tomonidan Ijtimoiy fanlar fakulteti Kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishining bitiruvchi bosqich talabalari bilan alohida uchrashuv tashkil etildi.


Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi kasbiy faoliyati, bandlik masalalari hamda oliy ta’limdan keyingi rejalari yuzasidan ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi. Rektor tomonidan bitiruvchilarni mehnat bozoriga puxta tayyorlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga doir muhim tavsiyalar berildi.

Bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, xususan ishga joylashish, magistraturada ta’limni davom ettirish, xorijiy sertifikatlar olish va kasbiy rivojlanish istiqbollari yuzasidan murojaat qildilar. Uchrashuv davomida qator masalalar yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi, ayrim takliflar esa tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot yakunida bitiruvchilarga o‘z ustida muntazam ishlash, xorijiy tillarni mukammal egallash hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish orqali kelajakdagi muvaffaqiyatlariga mustahkam poydevor yaratish zarurligi ta’kidlandi.


Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi