Namangan davlat pedagogika institutida “Butunjahon yovvoyi tabiat kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
15.04.2025 16:05:34 13
Tabiiy fanlar kafedrasi hamda Biologiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Butunjahon yovvoyi tabiat kuni” munosabati bilan maxsus tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida:
-
Muhofazaga muhtoj o‘simlik va hayvon turlarining rasmlari,
-
“Qizil kitob” namunasi,
-
Tabiatni asrashga chaqiruvchi namoyishlar taqdim etildi.
Tadbirda Tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD. A. Najimov tabiat va atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish mavzusida ma’ruza qilib, talabalarni ushbu yo‘nalishda faol bo‘lishga da’vat etdi.
Shuningdek, kafedra o‘qituvchilari G. Toshmirzayeva va T. Ikramovlar yurtimiz florasi va faunasi, ayniqsa muhofazaga muhtoj turlarni asrab-avaylash chora-tadbirlari haqida talabalarga keng qamrovli ma’lumotlar berdi.
Ushbu tadbir talabalar o‘rtasida ekologik tafakkurni yuksaltirishga, tabiatga nisbatan mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qildi.