English English English

Kitob-ma`rifatli jamiyatni shakllaniradi

  26.05.2026 08:25:15    2


Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazidagi ilmiy, ommabop kitoblar fondini oshirishga o’zining hissasini qo’shib kelayotgan Filologiya kafedrasi professori Mahbubaxon Sobirova tomonidan kitobxonlik madaniyatini targ’ib etishga qaratilgan navbatdagi yana bir tadbir amalga oshirildi.


Kitob-ma`rifatli jamiyatni shakllaniradi


Talaba-yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda kitobga bo’lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida amaliy rus tili yo’nalishi talabalariga kutubxonaga keltirilgan yangi badiiy, ilmiy adabiyotlar ko’rsatildi va ularni o’qib chiqish targ’iboti qilindi.   

Mazkur tashabbus yoshlar o’rtasida kitobxonlik muhitini yanada kengaytirish, ularni ilm-ma’rifatga oshno etish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.