PhD dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
18.09.2025 08:53:36 4
Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar kafedrasi o'qituvchisi Uzoqboyev Xojiakbar Qobuljon o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha “Pedagogika yo‘nalishi talabalarning ilmiy pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 16-sentabrdagi majlisida 100% lik ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ilmiy rahbar: Mahmudova Nodira Alisherovna, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Institut jamoasi nomidan Xojiakbar Qobuljon o‘g‘lini ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, ilm yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!