NamDPIda "Call center" oʻz faoliyatini boshladi
09.06.2025 08:51:29 8
2025/2026-oʻquv yili qabul jarayonlarini sifatli tashkil etish, murojaatchilarga qulaylik yaratish, hujjat topshirmoqchi boʻlgan abituriyentlarning savollariga batafsil javob berish maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi.

"Call-center" 2025/2026-yil qabul jarayonlari, taʼlim yoʻnalishlari, institut haqida sizni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob beradi.
"Call-center” haftaning dushanbadan-shanba kuniga qadar faoliyat yuritadi.
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Call-markaz: +99869-211-10-97