English English English

NamDPIda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim yig‘ilish oʻtkazildi

  21.08.2025 09:38:13    28


2025-yil 8-avgust kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, Namangan viloyatida Respublika ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov, Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.


NamDPIda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim yig‘ilish oʻtkazildi


Yig‘ilish davomida:

yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi;

hududiy ishchi guruhlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi;

korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar belgilandi.

Uchrashuv yakunida bitiruvchilarning mehnat bozoriga faol integratsiyasini ta’minlash, ularga zarur ko‘mak ko‘rsatish hamda bandlik siyosatini samarali amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Namangan davlat pedagogika instituti ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, bitiruvchilarni o‘z vaqtida ishga joylashtirish hamda ularning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan vazifalarni sifatli amalga oshirmoqda.


NamDPIda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim yig‘ilish oʻtkazildi NamDPIda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim yig‘ilish oʻtkazildi NamDPIda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim yig‘ilish oʻtkazildi NamDPIda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim yig‘ilish oʻtkazildi NamDPIda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim yig‘ilish oʻtkazildi NamDPIda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim yig‘ilish oʻtkazildi NamDPIda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim yig‘ilish oʻtkazildi