Namangan davlat pedagogika institutida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi!
08.10.2025 09:30:10 15
Namangan davlat pedagogika institutiga "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida Namangan shaharning 30-maktab bitiruvchi sinf o'quvchilari tashrif buyurdi.
Ushbu kun munosabati bilan institutning birinchi prorektori A.Isoqboyev hamda institutning bir guruh faol koordinatorlari tomonidan zamonaviy jihozlangan oʻquv binosi koʻrsatildi.
Dastlab, oʻquvchilar institutning boy fondga ega kutubxonasi, iftohorlar maskani, radioeshittirish, robotexnika, kongress zal, renessans , IT inkubatsiya xonasi, "Kelajak o'qituvchisi" markazi, "Art gallery muzeyini ko'zdan kechirishdi.
Institutning faoliyat jarayonlari, o'quv binosi, taʼlim jarayonlari bitiruvchilarda iliq taassurot qoldirdi.