English English English

Axborot-resurs markazi

  11.10.2024 09:23:12    53


Nasirdinov Omoniddin Sayfidinovich
Axborot-resurs markazi direktori
Telefon: +998 93 949 05 25
E-pochta: omoniddin_nasirdinov@mail.ru
Qabul kunlari: Yakshanbadan tashqari ish vaqtida

Axborot-resurs markazi


    Nasirdinov Omoniddin Sayfidinovich, 1980-yil 3-sentyabda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1987-1997- yillarda Chust tumanidagi 14- maktabda o‘qigan. Namangan davlat universitetida 2002-2006- yillarda Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagan.
    2006-2019- yillarda Namangan davlat universiteti Axborot-resurs markazida bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosari hamda direktor lavozimlarida faoliyat olib borgan.
    2019-2023- yillarda Namangan davlat universitetining O‘quv boshqarmasida bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan.
   2024-2025- yillarida Namangan davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati yo‘nalishi magistraturasini tamomlagan.
    2023-yildan Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI AXBOROT-RESURS MARKAZI DIREKTORINING LAVOZIM VAZIFASI:
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborot olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida talaba-o‘quvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, aholining intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurslari bazasini yaratish;
Axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish, talaba-o‘quvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish darajasini doimiy takomillashtirish va oshirishni hisobga olgan holda Axborot-resurs markazini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo'yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan axborot-kutubxona resurslarini almashish va o‘zaro foydalanish borasida turli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikni ta'minlash;
Talaba-o‘quvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish, elektron axborot-ma'lumot xizmatlarini yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlash;
Foydalanuvchilarga Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan elektron xizmat ko‘rsatish, xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy-texnik ma'lumotlar bazalariga ulangan holda markazning yig‘ma elektron katalogini va elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish hamda yuritish;
Axborot-kutubxona fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli to‘ldiribborish, nodir va alohida qimmatli nashrlarning ehtiyotlab saqlash, qo‘lyozma kitoblar va nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilishning zamonaviy metodlarini joriy etish, ularni ishonchli saqlashni ta’minlaydigan maxsus rejim sharoitlarida asrashni tashkil etish;
Yuqori malakali mutaxassislarni tanlov asosida tanlab olish, Axborot-resurs markazi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini doimiy takomillashtirish.