"Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusidagi rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi
29.10.2024 16:53:47 121
Namangan davlat pedagogika institutida "Art gallereya" markazida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusidagi rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Isoqboyev, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani oʻrinbosari B.Mallabayev, institut profilaktika inspektori G.Rahmatullayeva fakultet tyutori X.Nizomjanova va ijodkor talaba-yoshlar ishtirok etishdi hamda oʻz ijod namunalarini boʻyoqlar orqali mahorat bilan ifoda etishdi.