“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovi
23.10.2024 13:13:31 4
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba va o‘quvchilar o‘rtasida “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:
1) fakultetlararo (guruh) bosqichi;
2) oliy ta’lim muassasasi (ta’lim muassasasi) bosqichi;
3) hududiy saralash bosqichi;
4) yakuniy respublika bosqichi.
Tanlovning 1-2-bosqichlari 30-oktyabrga qadar tashkil etiladi. Keyingi bosqichlarning o‘tkazilish muddati esa rasmiy sahifalarimiz orqali e’lon qilinadi.
Tanlov ishtirokchilari o‘zaro 3 ta “Bilimdon kitobxon”, “Annotatsiya mahorati” hamda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” shartlari bo‘yicha bellashadi.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari:
1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
3-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
4-o‘rin – 3 000 000 so‘m;
5-o‘rin – 2 000 000 so‘m.
Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari:
1-o‘rin – noutbuk;
2-o‘rin – planshet;
3-o‘rin – televizor mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov nizomi bilan tanishish (https://drive.google.com/file/d/1eFMwBU1_PsexJa2_ya4ETDj8EToglgq0/view?usp=sharing)
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talaba va o‘quvchilar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.