English English English

"Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

  17.05.2024 20:55:56    5


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida "Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.




Unda til va adabiy ta’limda faoliyat yuritayotgan bir qator akademik hamda professorlar qatorida institutimizning O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, PHD Rayhona Tillayeva ham ishtirok etib, "Adabiyot darslarida badiiy asar matnini tahlil qilishda zamonaviy yondashuvlar" mavzusida ma’ruza qildi va adabiy ta’limdagi zamonaviy yondashuvlar, yangi tendensiyalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Bevosita muloqot shaklida o‘tgan anjuman yakunida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Namangan davlat pedagogika instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qator taklif hamda loyihalar o‘rtaga tashlandi. Kelgusida bu boradagi ishlar ko‘lamini ko‘paytirish bo‘yicha kelishib olindi.