Magistiratura bo'limi
10.10.2024 23:41:23 45
Turg'unboeva Azizaxon G'ulomovna
Magistratura bo'limi boshlig'i. Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Qabul vaqti: dushanba, payshanba 15:00 dan 18:00 gacha
Telefon: +998 99-323-12-52

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi
|
Namangan davlat universiteti
|
Mutaxassisligi
|
Psixolog (1998)
|
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi
|
-
|
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi
|
Bo‘lajak pedagoglarda pedagogik -ijtimoiy pertseptsiya shakillanishinig psixologik xususiyatlari. (2020 y)
|
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi
|
Namangan aholisinihg etnopsixologik va etnohududiy hususiyatlari.
|
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
|
Namangan aholisinihg etnopsixologik va etnohududiy xususiyatlari.
|
Ilmiy rahbarligi
|
bakalavr (15), magistr (15), PhD (1).
|
Nashr qilingan maqolalari
|
Jurnal /OAK-12, xorijiy-5.Skopus (1)Veb-of- Science (2) Konferensiya /respublika-22, xalqaro-6
|
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki
|
2
|
hindeksi
|
3
|
O‘quv fani
|
Shaxs psihologiyasi. Kouching. Umumiy psixologiya.
|
O‘quv-uslubiy ishlari
|
darslik (1), o‘quv qo‘llanma (3), boshqa o‘quv adabiyotlari (3).
|
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati
|
“Viloyat Olima ayollar uyushmasi rahbari”
|
Telegramm akkaunti
|
@psycholigist_N_aziza
|
Rasmiy elektron pochtasi
|
e-mail: Aziza Turg‘unbayeva@namspi.uz
|
Davlat mukofotlari
|
-
|
MAGISTRATURA BO’LIMI BOSHLIG’INING LAVOZIM VAZIFALARI:
O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, Yo’riqnomalari, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlari ijrosini ta’minlash;
Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va boshqa ta’limga oid qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga oid Qaror va Farmonlarida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishiga takliflar berish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
magistratura talabalarini har tomonlama yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash, ularda zukkolik va yuksak madaniy, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish masalalarini hal qilish;
mutaxassislik kafedralarda o’quv-me’yoriy xujjatlarni shakllantirishda bevosita ishtirok etish, magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va nazorat olib borish;
magistratura talabalarining raqamli dasturlarda o’quv rejalarini shakllantirish, shu asosida dars jadvallarini tuzish va uning bajarilishiga rahbarlik qilish, talabalar davomatini nazorat qilish;
talabalar bilimini kredit modul asosida baholanishini tashkil qilish, talabalarni kursdan-kursga o’tkazish haqidagi buyruq loyihalarini tayyorlash, bitiruvchilarni ilmiy stajirovkalarga yuborish, magistrlik dissertatsiyasi himoyasiga qo’yish buyruq loyihalarini tayyorlash;
magistr talabalari orasidan iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor Davlat stipendiyalari, fanlardan o’tkaziladigan olimpiadalar tanlovlarida ishtirok etishlariga yo’naltirib borish;
kafedralarda mutaxassislik fanlari bo’yicha darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar tayyorlash, bu sohada xorijiy olimlar bilan hamkorlik qilish, kompьyuter savodxonligi bo’yicha mashg’ulotlar tashkil qilish, chet el o’quv adabiyotlarini harid qilishda ko’maklashish;
institutning marketing bo’limi bilan hamkorlikda bitiruvchi talabalarni ishga taksimlashda qatnashish;
o’quv jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilishiga ko’maklashish;
bitiruvchilarga ish beruvchi muassasalar xodimlari fikrlarini o’rganish, taxlil qilish asosida o’quv rejasi va dasturlariga tuzatishlar kiritish bo’yicha kafedra mudirlariga takliflar berish;
institut magistratura talabalarini tayanch oliy o’quv yurtlari talabalari bilan o’zaro tajriba almashishni tashkillashtirish;
axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Bilishi kerak:
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasidagi qarorlarini mohiyatini bilish;
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.
namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, hushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lish.