"Ona tili-oʻqish savodxonligi va uni oʻqitish metodikasi" fanidan ʼʼSifat, son, olmosh soʻz turkumlariʼʼ mavzusida ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi.
06.05.2024 14:41:08 10
Namangan davlat pedagogika institutining Oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti Ortiqova Gulshoda tomonidan ilmiy pedagogik ishni yanada samarali tashkil etish maqsadida Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi Sirtqi taʼlim shakli talabalari bilan birgalikda ʼʼOna tili-oʻqish savodxonligi va uni oʻqitish metodikasiʼʼ fanidan ʼʼSifat, son, olmosh soʻz turkumlariʼʼ mavzusida ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi.

Dars davomida fanlararo integratsiyaga asoslangan ʼʼMen birinchiʼʼ, ʼʼSavolim borʼʼ, ʼʼKarra jadvaliʼʼ kabi yangi interfaol metodlardan foydalanildi.
Shuningdek, mashgʻulot davomida bugungi kundagi ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy jarayon — Jadidlar faoliyatini oʻrganishga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Darsda Oʻzbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Rayhona Tillayeva, pedagogika fanlari doktori, professor Mahbuba Sobirova, Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Sevara Botirova, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Saidakbar Mutalovlar ishtirok etib, mashgʻulot yuzasidan oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.