O‘quv-uslubiy boshqarma
10.10.2024 22:58:49 396
Asqarova Manzura Avazbekovna
Qabul vaqti: dushanba, payshanba 15:00 dan 18:00 gacha
Telefon: +998 99 893 942 42 55
E-mail: asqarova_manzura79.gmail.com

Biografiya
Asqarova Manzura Avazbekovna 1979-yil 14-dekabrda Namangan viloyati, Namangan tumanida tug‘ilgan. 1986-1996-yillarda Namangan tumanidagi 23-maktabda o‘qigan. 1997-2001-yillarda Namangan davlat universitetining “Pedagogika va psixologiya” fakultetida bakalavr darajasini olgan. 2003-2005-yillarda “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001-2002 yillarda Namangan tumanidagi 30-maktabda psixolog-o‘qituvchilikdan boshlagan. 2002-2003 yillarda Namangan tumanidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi bolalar tashkiloti raisi lavozimida ishlagan. 2005-2006 yillarda Namangan davlat universiteti o‘quv bo‘limi metodisti lavozimida ishlagan. 2007-2021-yillarda Namangan davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2021-2023-yillarda Namangan davlat universiteti Ilmiy kengash kotibi va universitet huzuridagi ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengash kotibi lavozimlarida ishlagan. 2020-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) unvoniga sazovor bo‘ldi. 2021-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2024-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini oldi.
Faoliyati davomida uchta darslik, bitta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ikkita monografiya, 130 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 2024-yildan buyon Namangan davlat pedagogika institutining “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.