Pedagogika fakulteti
10.10.2024 10:43:53 130
PEDAGOGIKA FAKULTETI DEKANI
ABDULLAYEV ZAFARBEK GʻAYBULLAYEVICH
Qabul vaqti: Dushanbadan shanbagacha soat 9:00-17:00 gacha
Telefon: 93 409 11 31
E-mail: zafarbekabdullaev78@mail.ru

TARJIMAI HOL
Abdullayev Zafarbek Gʻaybullayevich, 1978-yil 17-sentabrda Namangan viloyati Chust tumanida tugʻilgan. 1985-1995- yillarda Chust tumanidagi 14-maktabda oʻqigan. Namangan davlat universitetida 1995-1999-yillarda Huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat, 2003-2005-yillarda Huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha magistraturani tamomlagan.
2000-2003-yillarda Namangan viloyati hokimligining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasida huquqshunos, Tashkiliy ishlar va kadrlar guruhi rahbari, Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.
2005-yildan 2016-yilga qadar Namangan yuridik kollejida o‘qituvchi, bo‘lim boshlig‘i, kollej direktori lavozimlarida, 2016-yildan 2018-yilga qadar Namangan davlat universitetida Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019 yillarda Namangan davlat universiteti Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2021-2024-yillarda Namangan davlat universiteti dokrtoranti, 2024-yildan buyon Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
2024-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, Faoliyati davomida 1 ta oʻquv qo`llanma, 1 ta monografiya va 35 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan.
Fakultet dekanining asosiy funksional vazifalari
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, institut rektori ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
2) fakultetda o‘quv-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga rahbarlik qilish, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish;
3) mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq keladigan farmoyishlar va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda aniq bajarish;
4) mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;
5) institutning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
6) institut jamoasi a’zolari (ma’muriyat, xodimlari, talabalari) va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
7) fakultet bitiruvchilari bilan aloqa o‘rnatish, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qilish;
8) o‘z vakolati doirasida, fakultetning barcha xodimlari, talabalari va boshqa o‘quvchilari uchun majburiy bo‘lgan farmoyish, yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmalar chiqarish;
9) ta’lim mazmunini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
10) fakultetda o‘qitiladigan fanlarni mazmunan va o‘quv auditoriya soatlari hajmi bo‘yicha zamonaviy axborot, uslublar, yangilik va boshqalar bilan boyitish choralarini ko‘rish;
11) ta’lim tizimida axborot-resurs manbalari bazasini kengaytirish va yangilab borish;
12) ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va istiqbol rejalarini tuzish;
13) talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va foydali mehnat mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlarini ta’minlashga yo‘naltirgan tadbirlar tashkil etish, talabalarni xar hil norasmiy oqimlariga qo‘shilib qolishlarining oldini olish;
14) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi normativ-huquqiy xujjatlarida quyilgan talablari asosida talabalarning haftalik o‘quv yuklamalari va mustaqil ish soatlari hajmini o‘qitiladigan fanlar tizimiga muvofiqlashtirish;
15) o‘quv intizomini yaxshilash mexanizmini yanada takomillashtirish, talabalar faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarini amaliyotga tadbiq qilish;
16) o‘quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarining joriy etilishini nazorat qilish;
17) fakultet ilmiy-uslubiy Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o‘qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etish;
18) institut va fakultet kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
19) o‘quv-tarbiya jarayoni hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasi va amaliyoti ustidan nazorat qilish;
20) o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qilish, uning bajarilishini nazorat qilish, talabalar davomati uchun mas’ullik;
21) talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;
22) talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, davlat attestatsiyasiga, bitiruv malakaviy ishlarini va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash, ismi, sharifi, familiyasini o‘zgartirgan talabalar to‘g‘risida buyruq loyihalarini tayyorlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli Nizomlarida ko‘zda tutilgan hollarda ma’muriyat tashabbusi bilan talabalar safidan chetlashtirishga tavsiya berish, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo‘lgan hollarda, ular bilan ishlashni ta’lim muassasasining xalqaro bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshirish;
23) iqtidorli talabalarni izlash va ular bilan ishlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomdor stipendiyalar hamda fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalar tanlovida ishtirok etishga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni tashkil etish;
24) talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
25) tayanch doktorantlar va doktorantlarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, alohida o‘rnak ko‘rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etish;
26) fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, kompyuter savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish;
27) fakultet kyengashiga rahbarlik qilish, kafedralararo yig‘ilishlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etish;
28) muassasaning marketing xizmati bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultetda tayyorlanayotgan malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, shuningdek pedagog kadrlar, talabalar va ilmiy axborotlar bilan o‘zaro almashish uchun boshqa ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatish;
29) ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga javob berish, byudjetdan tashqari mablag‘larni topish va ularni o‘quv maqsadlarida foydalanishini amalga oshirish;
30) ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qilish, shu jumladan, fakultetga biriktirilgan talabalar turar joylarida;
31) O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq fuqarolarni qabul qilish va belgilangan muddatda murojjatlarni ko‘rib chiqish;
32) institut hududining fakultetga ajratilgan hududini
obodonlashtirishni ta’minlash;
33) oliy ta’limga oid qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;
34) faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 30-may 159-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasi fakulteti to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshirishni ta’minlash;
35) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12- yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o‘quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.