Reja moliya bo'limi
10.10.2024 22:52:12 37
Israilov Ahadjon Azamjonovich
Bo‘limi boshlig‘i
Telefon: +998 97 230 89 01
E-pochta: israilovahadjon1985@gmail.com

Isrialov Axadjon A’zamjonovich, 1985 yil 7-aprelda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan.
1992-1998- yillarda Uchqorgʻon tumanidagi 14-umumta’lim maktabida, 1998-2003-yillarda Uchqo‘rg‘on tumanidagi I.Oxunov nomidagi ixtisoslashtirilgan litseyda oʻqigan. Namangan muhandislik pedagogika institutida 2005-2009-yillarda Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni tamomlagan.
2011-2012 yillarda Uzbekinvest Eksport-Import milliy sug‘urta kompaniyasi mutaxasisi lavozimida oʻz mehnat faoliyatini boshlagan.
2012-2015-yillarda Namangan davlat universiteti buxgalteri,
2015-2020-yillarda Namangan davlat universiteti bosh buxgalter o‘rinbosari-auditori,
2020-2020-yillarda “Art Soft Xolding” kompaniyasi buxgalteri,
2020-2022-yillarda “UZMET”AJ Namangan TSK buxgalteri,
2022-2022-yillarda UZMET”AJ Namangan TSK bosh buxgalteri lavozimlarida ishlagan.
2022-yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan davlat pedagogika instituti Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REJA-MOLIYA BO‘LIMI BOSHLIG‘INING LAVOZIM VAZIFASI:
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
vazirliklar va yuqori tashkilotlarning buyruqlari va koʻrsatlamalari, institut kengashi qarorlari hamda institut rektorining maʼnaviy-maʼrifiy va yoshlar tarbiyasiga oid buyruqlari bajarilishini tashkil etish;
faoliyat yoʻnalishi boʻyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, institutda ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini bo‘lim xodimlariga yetkazib borish; Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, institut rektori buyruqlarining mohiyatini bilish.