Saylovlarda gender tengligi
24.10.2024 15:03:46 4

Sevara Botirova,
Namangan davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri,
Pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD)
Har qanday davlatning rivojlanish hamda barqarorligi oʼsha davlatning boshqaruv shakli, olib borilayotgan siyosiy jarayonlarning ochiqligi bilan belgilanadi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar boʼlib oʼtadi. Bu galgi saylovlar Yangi Oʼzbekistonimizning demokratik yoʼlidagi muhim bosqich hisoblanadi. Yurtimizda saylovlar birinchi marta majoritar-proportsional(aralash) tizim asosida oʼtkaziladi. Bu yilgi saylovlar “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida oʼtkazilmoqda va mamlakatimizda ushbu siyosiy jarayonga qizgʼin taraddud koʼrilmoqda.
Soʼnggi toʼrt yil ichida jamiyatimizda “gender tengligi” degan tushuncha paydo boʼldi. Bu gender tengligini taʼminlanishi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng koʼlamli islohotlardir. Xususan, saylovlarda gender tengligini inobatga olinishi jamiyatimizda xotin-qizlarning oʼrni, ilmiy kasbiy salohiyati koʼtarilib borayotganidan dalolatdir. Bugun mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar oʼz atrofida minglab opa-singillarimizni birlashtirgan real kuchga aylandi. Bu jamiyatimizda xotin-qizlarning maqomini, huquqiy madaniyatini oshirish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan turli gʼoya va qarashlar, deganidir. Pirovardida bularning barchasi opa-singillarimizning jamiyatda, huquqlari, manfaatlarini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Gender tengligini taʼminlash va jamiyat hayotida xotin-qizlarning faol ishtirokini qoʼllab-quvvatlash borasida MSK tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yana bir muhim fakt: uchastka saylov komissiyalari aʼzolarining 5206 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi, bu koʼrsatkich jami aʼzolarning 57 foizini tashkil etmoqda. Bu esa jamiyatda ayollarning oʼrni yildan yilga koʼtarilib borishidan dalolatdir.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, 193 ta dunyo mamalakatlarida hukumat tarkibidagi ayollar ulushi kamida 50 foizdan iborat.
Biz tasavvur qilgan bugunning zamonaviy ayoli oldingidek faqat uy ishlari, oshxona bilan boʼlgan emas, jamiyatda oʼz fikriga, qarashlariga, loyihalariga ega kreativ fikrlovchi ayoldir.