English English English

Yoshlar Akademiyasi

  26.02.2026 10:11:04    298


Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi “Yoshlar Akademiyasi”




YOSHLAR AKADEMIYASINING ASOSIY MAQSADI VA VAZIFALARI

  Yoshlar Akademiyasining asosiy maqsadi individual ta’lim texnologiyalari asosida talaba-yoshlarni o‘quv, ilmiy–tadqiqot va tarbiyaviy faoliyatlarda rivojlantirish, iqtidorli talabalarni kashf qilish va ularni bu faoliyatni qo‘llab quvvatlash uchun asos yaratishdan iborat.

Yoshlar Akademiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
  • iqtidorli talabalarni kashf qilish, ilmiy tadqiqot va kasbiy pedagogik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan mexanizmlarni amalga oshirish;
  • talabalar, ilmiy rahbarlar, soha mutaxassislari, tyutorlar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish orqali yetuk kadrlarni ta’minlash;
  • talaba-yoshlarning nazariy va amaliy ko‘nikmalarini, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini hamda muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirish;
  • iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • turli tashkilotlar, institutlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar o‘rnatish, ularning olimlari va mutaxasislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, simpoozumlar, turli ijodiy tanlovlarda namoyish qilishga hamda nashr qilishga yordam berish.

YOSHLARLAR AKADEMIYASI TARKIBI VA ULARNING AKADEMIYADAGI ASOSIY VAZIFALARI

 Yoshlar akademiyasi tarkibi va ularning asosiy vazifalari quyidagicha:

Yoshlar akademiyasi koordinatorlari: fakultet dekanlari, Yoshlar akademiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yadi, jarayonni tashkil etishga sharoit yaratadi, nazoratga oladi.

Yoshlar akademiyasi faoliyatini tashkilotchilari: kafedra mudirlari, ilmiy maslahatchilar va tyutorlar. Akademiya qoshida talabalar qiziqishiga ko‘ra klublar tashkil qiladi, innovatsion loyihalarni talabalar orasida amalga oshiradi, qobiliyatlarini namoyon qilishga sharoit yaratadi.

Yoshlar akademiyasi jamoasi:

  • Institut Yoshlar akademiyasi lideri;
  • Fakultet liderlari;
  • Har bir yo‘nalishdagi yetakchi talabalar.

           Akademiyadagi faoliyatni rivojlantirish, talabalar qamrovini oshirish, kreativ loyihalar joriy etish, akademiyaga a’zo bo‘lgan talabalar faoliyatiga ko‘maklashishidan iborat.

           Yoshlar akademiyasi a’zolari: qiziqish va qobiliyatlariga ko‘ra tashxislangan holda talabalar a’zo qilinadi. A’zo talabalarning shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi, rejani amalga oshirishga ko‘maklashiladi.

           Institutning iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi talabalar akademiyasi jamoasi tarkibiga nomzodlar bo‘yicha fakultet dekanlaridan taklif oladi va institut Kengashiga nomzodlarni  saralash uchun taqdim etadi.

           Institut Kengashi yoshlar akademiyasi jamoasi tarkibini shakllantiradi va tegishli qaror qabul qiladi. Mazkur qaror institut rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 

TUZILMA

Maxkamjonov Samandar Qodir o‘g‘li - "Yoshlar akademiyasi" lideri

Maxkamjonov Samandar Qodir o'g'li 2001-yil 19-avgustda Namangan viloyati, Namangan shahrida tug‘ilgan.

2024-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan, hozirgi kunda Namangan davlat pedagogika institutining Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi  2-bosqich magistranti.

Maxkamjonov Samandar 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, 7 ta monografiyasi, 23 ga yaqin xalqaro va mahalliy jurnallarda, 16 ga yaqin xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan konferensiyalarda ilmiy maqolalari hamda tezislari nashr qilingan. 3 ta ilmiy-innovatsion ishlanma muallifi hisoblanadi.

  • “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi;
  • “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi g‘olibi.

Yo'ldosheva Umida Xusniddin qizi – Yoshlar akademiyasining Pedagogika fakulteti lideri

Yo'ldosheva Umida Xusniddin qizi 2004-yil 23-iyulda Namangan viloyati, Norin tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Namangan davlat pedagogika institutining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

  • “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi;
  • “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovi g‘olibi;
  • “Yilning eng faol talabasi-2025” institut bosqichida “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo’yicha 1-o’rin sohibasi;
  • R&D camp oromgohida “Demo day” tanlovi g’olibi;
  • Behbudiy izdoshlari ilmiy tanlov go‘libi.

Quchqarboyeva Ruxshona Sherzodjon qizi Yoshlar akademiyasining Aniq va tabiiy fanlar fakulteti lideri

Quchqarboyeva Ruxshona Sherzodjon qizi 2005-yil 21-iyunda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Namangan davlat pedagogika institutining Texnologik taʼlim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

  • “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovi Yangiqoʻrgʻon tumani bosqichi gʻolibi;
  • Oʻzbekiston ekolog jamoat birlashmasi qoshidagi Yashil maktab kengashi Namangan viloyati raisi;

Buxoroda oʻtkazilgan Yashil kelajak eco oromgoh ishtirokchisi.

Narzullayeva Gulra'no Rustamjon qizi Yoshlar akademiyasining Ijtimoiy fanlar fakulteti lideri

Narzullayeva Gulra'no Rustamjon qizi 2006-yil 08-iyunda Namangan viloyati, Davlatobod tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Namangan davlat pedagogika institutining Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

  • “Yilning eng faol talabasi-2025” institut bosqichida “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo’yicha 1-o’rin sohibasi;
  • “Qizlar ovozi klubi” tadbirkorlik va bandlik yo'nalishi Namangan viloyati koordinatori;
  • “Diamond shop” asoschisi;
  • “Flowers city” menedjeri;
  • 15dan ortiq mahalli va xalqaro maqolalar muallifi.

Raxmatova Nargiza Islomjon qizi Yoshlar akademiyasining Magistratura yo‘nalishi lideri

Raxmatova Nargiza Islomjon qizi 1998-yil 06-iyunda Namangan viloyati, Chortoq tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Namangan davlat pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligi   2-bosqich magistranti.

  • Markaziy Osiyo davlatlardagi kreativ yoshlar, talabalar va tadbirkorlar va ekologiya sohasidagi yosh mutaxassislar o‘rtasidagi “Green Spark” xalqaro staraplar tanlovi g'olibi;
  • Innox biznes - inkubator va akselerator dasturi bitiruvchisi;
  • UNDP ning “Startap Tashabbuslari” inkubatsiya dasturi bitiruvchisi;
  • Starap loyihasi uchun “Munis Ventures” fondi orqali 30 ming $ invistitsiya jalb qilgan;
  • “Virtual Lab” va “Bioo‘g‘it” loyihalari asoschisi;
  • Qozog'iston Davlat Universiteti, NamTI, NamDPI, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOG' - KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI xalqaro konferensiyalarida Speaker qatnashchisi;
  • 15 ga yaqin ilmiy maqola va 10 ga yaqin xalqaro konferensiyalarda tezislari bilan qatnashgan.