English English English

Talabalar saylovga tayyormi ?

  25.10.2024 14:18:48    10



Talabalar saylovga tayyormi ?


Abdullayev Akmal Nasriddinovich,
Namangan davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti,
falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

TALABALAR SAYLOVGA TAYYORMI?

Saylov deganda har bir fuqaroning o’z fikrini ifoda etish va jamiyatda o’z o’rnini belgilash imkoniyati tushuniladi. Fuqarolarni saylovga tayyorgarlik ko’rishga va ishtirok etishga undash, demokratik jarayonni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Saylovlar fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun, har bir fuqaro saylov jarayonida faol ishtirok etishini o’zining mas’uliyati deb bilishi zarur.

Bu yilgi saylovlarni avvalgilardan farqi shuki, bu safar saylovda nafaqat nomzodlarga balki, siyosiy partiyalarga ham ovoz beriladi. Demak, saylovchilar partiyalarni dasturlari bilan ham yaqindan tanishib olishi zarur bo’ladi. Partiyalar o‘z dasturlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, siyosiy hayot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalarning asosiy masalalariga doir tashabbuslarini aks ettirishadi. Shuning uchun quyida kelajak pedagoglarini tayyorlovchi institutimiz talabalari e’tiboriga saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ta’limga oid tashabbuslarini havola etayapmiz.

SIYOSIY PARTIYALARNING SAYLOVOLDI DASTURIDA ILGARI SURGAN TA’LIMGA OID TASHABBUSLARI:

Oʼzbekiston Liberal-demokratik
partiyasi

  • 2030 yilgacha qoʼshimcha 2,5 mln oʼquvchi oʼrnini yaratgan holda taʼlim sifatini tubdan yaxshilash;

  • Maktablarda 153 mingdan ortiq sinf rahbarlari uchun toʼlanadigan mablagʼ miqdorini koʼpaytirish;

  • Oliygohlar uchun qoʼshimcha 120 ming oʼrinli oʼquv binolari va 150 ming oʼrinli talabalar turar joylarini qurish;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 barobar oshirish;

  • jahondagi “Top-500”dagi xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim”ni joriy etish;

  • Professional ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga erishamiz. 2030-yilgacha bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘lami 50 foizga yetkazilishi uchun barcha choralarni safarbar qilamiz ;

  • Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil qilingan “Karyera va stajirovka markazlari” faoliyatini takomillashtirish tarafdorimiz.

Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

  • Taʼlim tashkilotlariga pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qilishni shaffof tizimini joriy etish;

  • Yangi avlod pedagoglarini tayyorlash Davlat dasturi”ni qabul qilish;

  • Boshlangʼich sinflarda bilimni baholash tizimini isloh qilish;

  • Bogʼcha va maktablarga tarbiyachi va oʼqituvchilarni ishga qabul qilishda ularning oldingi ish faoliyatini oʼrganish, psixologik testlardan oʼtkazish tartibini joriy etish;

  • Tayanch doktorantura (PhD) bosqichida xotin-qizlarga kvota ajratish amaliyotini joriy etish;

  • Oʼzbek tilidagi maʼlumotlar bazasini kengaytirish, har yili xorijiy tildagi mingta ilmiy adabiyotni davlat tiliga tarjima qilish;

  • maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’limning 1-sinflarida ona tili bilan birgalikda Davlat tilini ham o‘rgatish, 6-sinfdan tanlov asosida ikkita xorijiy tilni o‘rganishini yo‘lga qo‘yish.

Oʼzbekiston ekologik partiyasi

  • Bog‘cha va maktablar o‘quv dasturlarida ekologiya fanini alohida fan sifatida kiritish;

  • Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida ekologiya huquqi, ekologik jurnalistika, tashqi ekologik faoliyat ixtisosliklarini tashkil etish;

  • Uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, aholining ekologik madaniyati darajasini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish.

Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi

  • Birinchi sinfga kech borgan bolalar uchun tezlashtirilgan taʼlim berish va oʼzining yoshiga mos yuqori sinfga oʼtkazish tartibini joriy etish;

  • Maktablarda chet tillar va IT oʼquv soatlarini keskin koʼpaytirish;

  • "Yagona ijtimoiy reyestr"da ro‘yxatga olingan oila farzandlarini davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar to‘lovidan ozod qilish;

  • Maktab o‘quvchilariga jamoat transportidan foydalanishi uchun tabaqalashgan tariflarni joriy etish;

  • Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar sonini 20 nafardan oshirmaslik, katta sinflarda esa 24 tagacha o‘quvchi o‘qitish tizimini yaratish.

Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi

  • 2025-yildan boshlab bakalavriatga kirish uchun ingliz tilini bilish boʼyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʼlish tartibini joriy etish;

  • Ehtiyojmand aholini ishga qabul qilganlik uchun soliq imtiyozlarini belgilash.

Siyosiy partiyalarning dasturlari bilan shu yerda (https://saylov2024.uz/) batafsil tanishib chiqishingiz mumkin