English English English

Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi

  10.10.2024 22:20:08    55


Suyarov Nodirjon Taxirovich
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i
Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Qabul vaqti: dushanba, payshanba soat 8:30-18:00
Telefon: +998 93-923-00-19

Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi


Tamomlagan oliy ta'lim muassasasi
Namangan davlat universiteti
 
Mutaxasisligi
Tasviriy va amaliy bezak san’at o‘qituvchisi
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi
Turkiya, Germaniya, Daniya
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi
“Milliy-hududiy materiallar vositasida tasviriy san’at ta’limi mazmunini takomillashtirishning metodik asoslari” (2022 y.)
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi
“Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining etnomadaniy kompetentligini milliy-hududiy materiallar vositasida takomillashtirish”
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
Pedagogika ta’lim tarbiya nazariyasi va metodika asoslari
Ilmiy rahbarligi
bakalavr (10), magistr (6),
Nashr qilingan maqolalari
Jurnal /OAK-27, xorijiy-8.
Konferensiya /respublika-9, xalqaro-7
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki
Amaliy: ITD-1 I.“Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari”
h indeksi
4
O‘quv fani
Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi, Tasviriy san’at tarixi
O‘quv-uslubiy ishlari
o‘quv qo‘llanma (1), o‘quv-uslubiy ko‘rsatma (1), monografiya (2).
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati
Namangan davlat pedagogika instituti  - "Iqtidorli talabalar  ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali tahrir hay’ati a’zosi.
Telegramm akkkaunti
 
Rasmiy elektron pochtasi
e-mail: suyarov81@mail.ru
Davlat mukofotlari
Namangan viloyati hokimining Fahriy yorlig‘i ( 2023 y.)
 
TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO’LIMI BOSHLIG’INING LAVOZIM VAZIFASI:

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tizimli tahlil qiladi;
asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini o‘rganishga, natijalarni tahlil qilishga qaratadi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi;
talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar) bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;
Institut professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va ma’lumotlarni tegishli chora-tadbirlar belgilash uchun Institut rektoriga taqdim etadi;
o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflarni Institut rektoriga taqdim etadi;
ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tadbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi;
Institut tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;
ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, Institutning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni jalb etilishini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi;
pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi;
ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot Institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;
ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlarda ishtirok etadi;
talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi;
Institutning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;
Institutning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi;
Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi;
Institut axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi;
professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlashda ishtirok etadi;
talabalar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o‘rganadi va takliflar tayyorlaydi;
yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o‘tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;
Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash jarayoni va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Institutda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
Institutda xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi.