"Taraqqiyot yili"da kafedralarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi
22.09.2024 20:23:17 43
Namangan davlat pedagogika institutida 2024-2025-o'quv yili "Taraqqiyot yili" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan institutda mavjud kafedralarda ilmiy va innovatsion sohalarni yuksaltirish va professor-o'qituvchilarning ilmiy salohiyatlari va tadqiqotchilik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvda, institut rektori va mas'ul prorektorlar tomonidan kafedralarning joriy yildagi maqsadli ko'rsatkichlari, rejalashtirilgan ilmiy ish dissertatsiyalari himoyalari va ustuvor vazifalari belgilab o'tildi.