XALQARO E'TIROF TALABA YUTUG'I
19.08.2025 09:13:30 8
Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida tashkil etilgan "BRICS & SCO Young Leaders Award" mukofotida ishtirok etib, “Research & Innovation Project of the Year” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Joriy yilning 17–19-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida tashkil etilgan "BRICS & SCO Young Leaders Award" xalqaro mukofotining “Research & Innovation Project of the Year” nominatsiyasi bo'yicha institut Yoshlar akademiyasining Xalaro hamkorlik yo'nalishi koordinatori Toshmatova Madinaxon ishtirok etib g‘olib deb topildi.
G'oliblarni taqdirlash marosimi Qozon shahrida bo‘lib o'tdi hamda tadbir doirasida g'oliblar uchun madaniy dasturlar, rasmiy tadbirlar hamda barqaror rivojlanish bo‘yicha muhim mavzulardagi munozaralar tashkil etildi. Shuningdek M.Toshmatova Russia–China: Rostiq kelajak biznes-forumida ham ishtirok etdi va ikki tomonlama yoshlar hamkorligini innovatsiya, fan va tadbirkorlik sohalarida rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
💐👏 Institut jamoasi nomidan M.Toshmatovani ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!