“Xotin-qizlar huquqi va xavfsizligi: Zamonaviy tahdidlar va yechimlar”
21.05.2025 09:39:37 4
Urganch davlat universitetida “Xotin-qizlar huquqi va xavfsizligi: Zamonaviy tahdidlar va yechimlar” mavzusida Respublika seminari boʻlib oʻtdi.

Unda yurtimizning barcha oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan 80 nafardan ortiq Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi.
Ushbu seminar-trening ayollarni zamonaviy tahdidlardan himoya qilish, ularning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish hamda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Seminar doirasida ishtirokchilarga zamonaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularga qarshi samarali choralar ko‘rish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Ayniqsa, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, diniy ekstremizm, axborot xurujlari kabi dolzarb masalalar yuzasidan olib borilgan muhokamalar va tajriba almashinuvi ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.
Ushbu seminarda Namangan davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Go'zalxon Tajiboyeva ham munosib ishtirok etib, mavzu boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.