English English English

OTA-ONALAR YIG’ILISHI TASHKIL ETILDI

  23.12.2025 08:42:06    9


Ijtimoiy fanlar fakultetida fakultet dekani S.Mutalov boshchiligida tyutor B. Tojahmedovga biriktirilgan guruh talabalari ota-onalari ishtirokida ota-onalar majlisi tashkil etildi.


OTA-ONALAR YIG’ILISHI TASHKIL ETILDI


Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning o‘qishdagi o‘zlashtirishi, intizomi, ijtimoiy faolligi hamda malakaviy amaliyotni namunali tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni atroflicha muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Majlis davomida talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligi, darslarga qatnashishi, belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etishi hamda mustaqil ta’limga bo‘lgan mas’uliyati yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, talabalar tarbiyasi va bilim sifatini oshirishda oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi uzviy aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Malakaviy amaliyotni samarali va namunali tashkil etish, amaliyot davomida talabalarning mas’uliyati hamda faolligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi


OTA-ONALAR YIG’ILISHI TASHKIL ETILDI OTA-ONALAR YIG’ILISHI TASHKIL ETILDI OTA-ONALAR YIG’ILISHI TASHKIL ETILDI