Ro‘yxatga olish – taraqqiyot sari muhim qadam
30.11.2025 11:58:27 7
Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan Kosonsoy pedagogika texnikumi hamda Chortoq pedagogika litseyida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvlarda Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi mudiri S. Botirova, shuningdek, professor-o‘qituvchilar B. Tillayev va G‘. Xolmatovlar ishtirok etib, 2026-yilda mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdilar.
Targ‘ibot jarayonida ro‘yxatga olish tadbirlarining xalqaro standartlar asosida tashkil etilishi, jarayonga raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi alohida ta’kidlandi.