English English English

NamDPI dotsentining suvtejamkor texnologiyasi amalda

  10.03.2025 11:58:33    27


Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti (v.b.) M.Qoriyev tomonidan ishlab chiqilgan suvtejamkor agrotexnologiya hayotga tadbiq etilmoqda.


NamDPI dotsentining suvtejamkor texnologiyasi amalda


Bugun Namangan viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan "yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Namangan viloyat Pop tumaniga 500 tup sada qayrag‘och ko‘chatlari M.Qoriyevning kichik xandaqlar va mulchalash agrotexnologiyalarini birgalikda qo‘llash asosida ishlab chiqilgan suvtejamkor agrotexnologiya asosida ekildi.

Mazkur agrotexnologiyaning afzalligi shundaki, qish va bahor oylaridagi yog‘ingarchilik taʼsirida tuproqda to‘plangan namlikni uzoq vaqt saqlab turish imkonini beradi. Natijada ko‘chatlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning bir qismini tejab qolishga yordam beradi. Shu bois sug‘orish taʼminoti murakkab bo‘lgan hududlarga mevali va manzarali daraxtlardan bog‘ tashkil etishda ushbu agrotexnologiyaning ahamiyati kattadir.


NamDPI dotsentining suvtejamkor texnologiyasi amalda NamDPI dotsentining suvtejamkor texnologiyasi amalda NamDPI dotsentining suvtejamkor texnologiyasi amalda NamDPI dotsentining suvtejamkor texnologiyasi amalda NamDPI dotsentining suvtejamkor texnologiyasi amalda