11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni
11.10.2025 10:32:53 9
Namangan davlat pedagogika institutida 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Qizlar o‘zgarishlar yetakchisi sifatida” shiori ostida Qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatdagi rahbar ayollar, faol ayol-qizlar hamda “Qizlar ovozi” va “Qizlarjon” klubi koordinatorlari ishtirok etdilar.
Mazkur forum yosh ayol-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni yetakchilik, innovatsion fikrlash va tashabbuskorlik ruhida qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Forum doirasida 120 nafardan ortiq faol qizlar liderlik, kommunikatsiya, gender tenglik, zamonaviy imkoniyatlardan foydalanish va shaxsiy rivojlanish kabi yo‘nalishlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek forum davomida ayol-qizlarning rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan tajribali mutaxassislar spiker sifatida qatnashib, o‘z chiqishlarida yosh qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning intellektual va ma’naviy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etish zarurligini ta’kidladilar.
Forum yakunida tuman va shaharlardan tashrif buyurgan faol qizlar “Qizlar ovozi” klubi tomonidan maxsus ishonch yorliqlari bilan taqdirlandi.