English English English

NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI

  12.02.2026 13:44:47    11


Namangan davlat pedagogika institutida buyuk mutafakkirlar – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab “Nazm va navo” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir milliy adabiyotimiz va mumtoz merosimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom ifodasi sifatida o‘tkazildi.


NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI


Kechani institut rektori B. Xusanov tantanali ravishda ochib berar ekan, o‘z nutqida Navoiy va Boburning boy adabiy merosi, ularning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda ibratli hayot yo‘llari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bugungi yosh avlodni buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga, ularning asarlaridan ma’naviy oziqa olishga da’vat etdi.

Tadbirda institut prorektorlari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda faol talabalar ishtirok etdilar. Kecha davomida talabalar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy kompozitsiya namoyish etilib, unda Navoiy va Bobur siymolari mahorat bilan gavdalantirildi. Sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.Shuningdek, allomalar qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar asosida tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, mumtoz adabiyot va musiqa uyg‘unligi namoyon bo‘ldi. Tadbir doirasida tashkil etilgan “Navoiyxonlik” mushoirasida esa talabalar buyuk shoir g‘azallarini ifodali o‘qib, o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyish etdilar.

Mazkur ma’naviy kecha yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat, adabiyotga muhabbat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI NAMDPIDA NAZM VA NAVO KECHASI