TIL TA'LIMIDAGI YANGI TENDENSIYALAR: MUAMMO VA YECHIMLAR MUHOKAMADA
17.06.2025 10:40:39 16
Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi tashabbusi bilan “Til ta’limi tendensiyalari: muammo, yechimlar va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda til taʼlimidagi zamonaviy yondashuvlar, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari, shuningdek, soha istiqbollari muhokama qilindi.
Seminarga tashrif buyurgan mehmonlar professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda soha mutaxassislari mavzuga doir maʼruzalari bilan faol ishtirok etishdi.
Seminar davomida ilmiy maʼruzalar tinglanib, taklif va mulohazalar almashildi, buning barobarida, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Bu kabi ilmiy-amaliy anjumanlar til o‘qitish sifatini oshirish, innovatsion metodlarni joriy etish va filologiya sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.