English English English

Mehr va sahovat — insoniylik namunasi sifatida

  22.06.2025 09:50:35    25


“Yoshlar oyligi” hamda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Namangan davlat pedagogika institutida bir qator ezgu tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.


Mehr va sahovat — insoniylik namunasi sifatida


Xususan, institutning “Besh tashabbus” loyihalari koordinatori M.Habiyaliyeva tomonidan Chust tumanidagi “Toymas” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi.

Ushbu tashrif davomida imkoniyati cheklangan 3 nafar fuqaro hamda yolg‘iz yashayotgan keksa insonlar holati o‘rganildi, ularning ijtimoiy, ma’naviy va moddiy ehtiyojlariga e’tibor qaratildi. Uylarga borilib, samimiy suhbatlar tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida mehr-shafqat, insonparvarlik, katta avlodga hurmat kabi ezgu qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, ijtimoiy birdamlik va hamjihatlik tamoyillarini mustahkamlashdan iborat.
Shu kabi tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni hayotga, jamiyatga befarq bo‘lmaslikka o‘rgatishda muhim o‘rin tutadi.

Mehr va sahovat — bu nafaqat yordam ko‘rsatish, balki yurakdan joy olishdir.


Mehr va sahovat — insoniylik namunasi sifatida Mehr va sahovat — insoniylik namunasi sifatida Mehr va sahovat — insoniylik namunasi sifatida Mehr va sahovat — insoniylik namunasi sifatida Mehr va sahovat — insoniylik namunasi sifatida