IJTIMOY FANLAR FAKULTETI KENGASHINING 1-SONLI YIG‘ILISHI
30.08.2025 14:33:18 40
Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S.Mutalov raisligida fakultet kengashining 1-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 2025–2026-o‘quv yiliga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

Kengash yig‘ilishining kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
birinchi kurs talabalarini ko‘tarinki ruhda kutib olish va “Mustaqillik darslari”ni namunali tashkil etish;
2025-2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va ta’lim-tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etish;
ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni takomillashtirish;
ma’naviy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish sohasidagi dolzarb vazifalar;
tyutorlar faoliyatini samarali tashkil etish;
talabalarning TTJ va ijara xonadonlariga joylashtirish holati;
grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash jarayonlarini sifatli tashkil etish;
fakultet faoliyatiga o‘quv-me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash;
yangi o‘quv adabiyotlarni ekspert kengashiga tavsiya etish va boshqa masalalar.
Kengash yakunida o‘quv yilida talabalar bilan ishlashda sifat va samaradorlik uyg‘unligini ta’minlashga oid muhim chora-tadbirlar ishlab chiqildi.