NamDPIda "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan bayram dasturi boʻlib oʻtdi
04.05.2025 11:24:23 29
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Namangan viloyati Ichki ishki ishlar boshqarmasi faxriylar markazi kengashi a'zosi S.Turg'unov, Namangan viloyati Baynalminal jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasining birinchi o'rinbosari G.Adashev hamda birlashma vakillari F.Asatillayev, V.Dedaboyev, A.Normirzayev faxriy mehmon sifatida ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo'lidagi qahramonlik unutilmaydi” nomli videorolik namoyish etildi. Shundan so'ng Musiqa ta'limi yo'nalishi o'qituvchi va talabalari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.
Tadbirda faxriy mehmonlar tomonidan Mustaqillik va tinchlik eng oliy ne'mat ekanligi ta'kidlanib, hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatardan oqilona foydalanish kerakligi aytib oʻtildi.
Bayram soʻnggida faxriy mehmonlarga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'lari topshirildi.