Xorijiy tillar kefedrasi mudiri Z.Dadabayev hamda ushbu kafedraning o'qituvchisi Sh. Mo'minjonovani DAVR gazetasida maqolasi chiqdi
23.05.2026 08:38:39 8
Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Z. Dadabayev hamda ushbu kafedraning o‘qituvchisi Sh. Mo‘minjonovaning maqolasi “DAVR” gazetasida chop etildi. Maqolada ular bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, xususan, an’anaviy doskadan zamonaviy elektron ekranlarga o‘tish jarayoni haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
Mualliflar ta’kidlashicha, zamonaviy texnologiyalar dars jarayonini yanada qiziqarli, interaktiv va samarali qilishga xizmat qilmoqda. Elektron vositalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi ortib, dars sifati oshmoqda.
Shuningdek, maqolada yurtimizda o‘tkazilayotgan gullar festivali haqida ham so‘z yuritilgan. Ular ushbu festival nafaqat tabiat go‘zalligini namoyon etishi, balki yoshlar qalbida estetik didni shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi.
Mualliflarning fikricha, ta’lim va madaniyatning uyg‘un rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.