“Bilimlar kuni” keng nishonlandi
02.09.2025 14:56:50 24
Chortoq tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi mudiri Rayhona Tillayeva ishtirok etib, o‘quvchilarni samimiy tabrikladi. U yoshlarni bilim olishda izchil bo‘lishga, ilm-fan va ma’naviyat cho‘qqilarini egallashga chorladi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqi, ota-onalarning minnatdorliklari va ustozlarning ezgu tilaklari butun maydonga iliqlik bag‘ishladi.