Boʻsh vaqtlar – mazmunli mashgʻulotlar bilan toʻlmoqda
29.07.2025 07:54:40 39
Namangan davlat pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabasi Rayhona Usmonova “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yosh avlod tarbiyasiga hissa qo‘shmoqda.

U ayni damda Yangiqoʻrgʻon tumani Zarkent oromgohida faoliyat yuritib, oromgohda dam olayotgan bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni maʼnaviy-maʼrifiy ruhda tarbiyalash va qiziqarli mashgʻulotlarga jalb etishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etmoqda.
Bu kabi tashabbuslar iqtidorli talabalarni amaliyot maydonlarida sinovdan o‘tkazish, ularning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.