English English English

ILMIY-METODIK HAMKORLIK DOIRASIDA UCHRASHUV

  26.11.2025 11:22:28    6


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyat boshqarmasi hamda Namangan davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazda institutning “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi magistrantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


ILMIY-METODIK HAMKORLIK DOIRASIDA UCHRASHUV


Uchrashuv davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sheraliyev Alisher Muxiddinovich tomonidan metodik markazning tashkil etilishi, uning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishida muhim bo‘lgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda institutning Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti B. Ataxanov ham so‘zga chiqib, metodik markaz doirasida magistrantlar bilan amalga oshiriladigan ishlar, ilmiy-uslubiy faoliyat hamda amaliy hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.


ILMIY-METODIK HAMKORLIK DOIRASIDA UCHRASHUV ILMIY-METODIK HAMKORLIK DOIRASIDA UCHRASHUV ILMIY-METODIK HAMKORLIK DOIRASIDA UCHRASHUV ILMIY-METODIK HAMKORLIK DOIRASIDA UCHRASHUV ILMIY-METODIK HAMKORLIK DOIRASIDA UCHRASHUV