“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Namangan viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
25.04.2025 09:33:18 9
Joriy yilning 25-aprel kuni “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Namangan viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovning 1-bosqichida tuman va shahardan muvaffaqiyatli ishtirok etgan 60 nafar yoshlar o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyihalari bilan viloyat bosqichida ishtirok etdilar.
Viloyat bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar ishtirokchilar saralanib, mazkur tanlovning Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.
G'olib bo'lgan barcha viloyatimizning iqtidorli talaba-yoshlariga omad tilagan holda Respublika bosqichidan ham sovrinli natijalar kutib qolamiz!