English English English

Innovatsion ta’lim yondashuvlari bo‘yicha xalqaro tajriba: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiyada

  07.08.2025 08:29:44    25


Joriy yilning 5-avgustdan 16-avgustga qadar Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Chexiya Respublikasining nufuzli Top 1000 talikka kirgan Tabiiy fanlar universitetida tashkil etilgan “Innovatsion yondashuvlarni joriy etish: yangi pedagogik vositalarni tasdiqlash, kelajak texnologiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish” mavzusidagi 144 soatlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.


Innovatsion ta’lim yondashuvlari bo‘yicha xalqaro tajriba: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiyada


Mazkur xalqaro malaka oshirish kurslari davomida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion pedagogik metodlar, o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ta’lim tizimida global innovatsiyalar, kelajak kasblariga tayyorlashga oid strategiyalar va kompetensiyalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu xalqaro tajriba Namangan davlat pedagogika instituti o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini yanada oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va innovatsion yondashuvlarni o‘quv jarayoniga samarali integratsiya etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.


Innovatsion ta’lim yondashuvlari bo‘yicha xalqaro tajriba: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiyada Innovatsion ta’lim yondashuvlari bo‘yicha xalqaro tajriba: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiyada Innovatsion ta’lim yondashuvlari bo‘yicha xalqaro tajriba: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiyada