English English English

Kelajak bunyodkorlari kutubxonada

  21.05.2026 08:38:54    3


Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti, PhD Inoyatov Shukurillo boshchiligida fizika yo‘nalishi talabalari Namangan shahar xalq kutubxonasiga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish hamda yoshlarni ma’naviy va intellektual jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Kutubxona — inson tafakkurini boyitadigan, yoshlarni komillik sari yetaklaydigan eng muhim maskanlardan biridir. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida bilimli, mustaqil fikrlaydigan va zamonaviy dunyoqarashga ega yoshlarni tarbiyalashda kutubxonalarning o‘rni beqiyosdir.


Kelajak bunyodkorlari kutubxonada


Talabalar kutubxonadagi boy adabiyotlar fondi, zamonaviy o‘quv zallari, elektron resurslar hamda ilmiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona xodimlari tomonidan talabalarga kitob fondlari, elektron katalog tizimi, ilmiy maqolalar va xorijiy adabiyotlardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, fizika, astronomiya, matematika va texnika yo‘nalishlariga oid yangi nashrlar talabalar e’tiborini tortdi.

Bugungi yoshlar — ertangi kun bunyodkorlaridir. Ularning bilimli, ma’rifatli va yuksak ma’naviyatli bo‘lib voyaga yetishi mamlakat taraqqiyoti uchun juda muhimdir. Shu bois kutubxona nafaqat kitob o‘qiladigan joy, balki yoshlarni fikrlashga, izlanishga, ilmiy tadqiqot olib borishga undaydigan muhim ma’naviy maskan hisoblanadi. Kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi kengayadi, nutqi ravonlashadi, tafakkuri teranlashadi. Ayniqsa, fizika kabi murakkab va mantiqiy fikrlashni talab qiladigan fanlarni o‘rganishda qo‘shimcha ilmiy adabiyotlarning o‘rni juda katta.

Talabalar bilan suhbat davomida kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. U yoshlarni ko‘proq mutolaa qilishga, ilmiy izlanish olib borishga, bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlarga sarflashga chaqirdi. Shuningdek, bugungi kunda internet va zamonaviy texnologiyalar rivojlangan bo‘lsa-da, kitob hech qachon o‘z qadri va ahamiyatini yo‘qotmasligini ta’kidladi. Chunki kitob inson qalbini tarbiyalaydi, tafakkurini boyitadi va uni ezgulikka yetaklaydi.

Turli ilmiy va badiiy adabiyotlarni varaqlab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar. Ayrim talabalar ilmiy maqolalar va yangi adabiyotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar oldilar. Bu esa ularning kelgusidagi ilmiy faoliyati va tadqiqot ishlariga katta yordam beradi. Talabalar orasida ayniqsa, zamonaviy fizika, kvant mexanikasi, astrofizika hamda innovatsion texnologiyalar bo‘yicha kitoblarga qiziqish yuqori bo‘ldi.

 

 


Kelajak bunyodkorlari kutubxonada Kelajak bunyodkorlari kutubxonada