NamDPI polvonlari – O‘zbekiston chempionati shohsupasida!
20.09.2025 08:26:12 8
Joriy yilning 16–19 sentabr kunlari Namangan viloyati Namangan tumanidagi sport maktabida yoshlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 200 nafarga yaqin yosh polvonlar ishtirok etdi.
Quvonarlisi shundaki, Namangan davlat pedagogika instituti talabalari yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi:
Ahmadjonov Abbosbek – 2-bosqich talabasi, 1-o‘rin;
Mamataliyev Asadbek – 3-bosqich talabasi, 2-o‘rin;
Usmonaliyev Kamronmirzo – 3-bosqich talabasi, 2-o‘rin;
Abdurahmatov Asadbek – 1-bosqich talabasi, 2-o‘rin;
Abdujabbarov Asadbek, Rahmatullayeva Gulsanam, Sayfiddinova Muhlisa – 1-bosqich talabalari, 3-o‘rin.
Ta’kidlash joiz, mazkur chempionat mamlakat terma jamoasi uchun Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga munosib sportchilarni saralash vazifasini ham bajaradi.
Sportchilarimizning ushbu muvaffaqiyatida ularning murabbiysi — Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Hamidullo
Jurahanovning ham hissasi beqiyos.